Yosh Yuraklar Yolqini icon

Yosh Yuraklar Yolqini

Kitoblar Olami
Free
100+ downloads

About Yosh Yuraklar Yolqini

Hikoya jahon adabiyotining ham, zamonaviy o'zbek nasrining ham eng ixcham, dolzarb,
hozirjavob va ayni chog'da mas'uliyatli janridir. O'zbek yozuvchilarining hikoyachilikdagi an'analari
qanday davom ettirilayotir - bu ko'pchilikni qiziqtiradigan savoldir.
Vatanimiz mustaqilligining 12 yilligiga bag'ishlab chop etilayotgan mazkur mo'jaz to'plam
o'zlarining dastlabki asarlari bilan adabiy jamoatchilik e'tiborini tortayotgan iste'dodli yosh
yozuvchilarning hikoyalaridan tuzildi. Kitobcha mualliflarning ijodiy izlanishlari bilan yaqindan
tanishish va yosh yuraklar yolqinini dildan his qilish imkonini beradi.


«YOSH YURAKLAR YOLQINI»

Yurakda yongan olov yolqinini badiiy so'z vositalarida kitobxonning qalbiga "jiz" etib tegadigan
darajada ifoda etish har kimning ham qo'lidan kelmaydi. Buning uchun adabiy qobiliyat, did, mehnat
va mahorat talab qilinadi.
Mazkur to'plamdagi hikoyalarga shu nuqtai nazardan yondashganda, istiqlol yillarida
adabiyotimizga kirib kelgan yosh adiblarda qobiliyat, did va mahorat ham borligini sezib mamnun
boiasiz.
"Muvozanat" romani bilan adabiy jamoatchilikka tanilgan Ulug'bek Hamdam "Lola" hikoyasini
teran ma'noli bir ramz asosiga quradi. Afsonaviy go'zal lola bahaybat tog'ning qo'l yetmas qoyasi
uchida shunday bir joziba bilan tebranib turadiki, bani inson uning sehriga qanday berilganini o'zi
sezmay qoladi, barcha xavf-xatarlarga qaramay lola turgan cho'qqiga intiladi. Voqea birinchi shaxs
nomidan hikoya qilinadi. Tog'ning xatarli uchmalaridan qulab ketib halok bo'layotganlar oz emas.
Hikoya qahramoni buni ko'rib tursa ham, beixtiyor toqqa tirmashib chiqa boshlaydi. Lolada go'yo u
Ka'bani eslatuvchi ilohiy bir joziba kuchini sezadi. Ayni vaqtda lola tabiiy go'zallik, mukammallik va
baxt timsoli. Odam unga yaqinlashgan sari yuragi quvonchga, hayot lazzatiga to'lib-toshadi. Lekin bu
baxt va lazzat manbaiga boshqalar ham mushtoq. Shuning uchun lola turgan cho'qqi yo'lida raqobat,
rashk, kurash... Hikoya qahramoni tengsiz mashaqqatlar bilan bir qoyaga ko'tariladi. Ne ko'z bilan
ko'rsinki, uning maqsadi yoiida odamzod yetib borishi amrimahol bo'lgan yana son-sanoqsiz qoyalar
turibdi. Endi lola mutloq haqiqat timsoli bo'lib tuyuladi. Unga yaqinlashib borasan, ammo yetolmaysan, shunday bo'lsa ham umrbod unga talpinasan. Kichik bir hikoyaga shuncha badiiy-
falsafiy ma'nolar joylangani muallifning zakovati va mahoratidan dalolat beradi!
Yosh adiblarimiz hayotning murakkab mavzularida erkin va dadil qalam tebratadilar. Isajon Sulton
hayot va mamotning bir-biriga qay darajada bog'liqligini qishloqdagi katta bog'ning adog'ida —
qabristonda o'sgan mevali daraxtlar tasviri orqali ko'rsatadi. Bu qishloqda olamdan o'tgan odamning
qabri boshiga mevali daraxt ko'chatini ekish odati bor ekan. Rahmatli bo'lib ketganlar nomi shu
daraxtlarni ko'rganda yod olinadi: Ismoil boboning o'rigi, Toshbuvi enaning noki, Xolxo'ja otaning
olchasi... Muallif "Bog'i Eram" deb ta'riflagan obod maskan avlodlarning ajdodlarga mehru oqibatidan
paydo bo'lishini hikoyaga kiritilgan yuz yoshlik avliyo rivoyati orqali yanada ta'sirli ifoda etadi.
O'tish davrining qiyinchiliklariga bardosh berolmagan ayrim yoshlar jinoyat yo'liga kirib ketganligi
va buning jazosini tortganligi Zulfiya Qurolboy qizining "Muhabbat va nafrat" hikoyasida yorqin
bo'yoqlar bilan tasvirlanadi. Zulfiya adibalarimiz orasida nigohining o'tkirligi, obrazni bo'rttirib ko'rsata
olishi va illatlarni ayovsiz fosh eta olish qobiliyati bilan ajralib turadi.
Sho'rolar davrida bo'lib o'tgan fuqarolik urushining dahshatli fojialari Luqmon Bo'rixonning
"Aldoqchi tunlar" hikoyasida o'z aksini topadi. Shafqatsiz sho'ro tuzumi badavlat oilaning farzandi
bo'lgan Nurqo'rboshining otasini qiynab o'ldiradi, xotinini ilgari Nurning xizmatkori bo'lgan, keyin
qishloq sho'rosi raisiga aylangan Nishon egallab oladi. Nur qo'rboshining so'nggi umidi yetti yashar
o'g'lidan edi. Lekin aldangan yosh bola faqat Nishonni ota deb tan oladi....

Yosh Yuraklar Yolqini Screenshots