Xalqqa, Vatanga, haqiqatga sadoqat, elu-yurtning shirin orzu-umidlari va nozik tuyg'ularini kuylash, chinakam insoniy do'stlik va qardosh millatlar birodarligini uluglash; bebaho sevgi va fidoyi sadoqatni ardoqlash; mardlik, olijanoblik va ezgulikni qadrlash; tubanlik, yovuzlik va munofiqlikni qoralash - ana shu-lar Chustiy g'azaliyotining asosiy g'oyaviy-estetik yo'nalishlaridir. Darhaqiqat, Mavlono Chustiyning hassos qalbida uch oftob hamisha porlab turadi; san'atkor shoir o'zining "To'yona" sarlavhali g'azalida bu xususda shunday yozadi:
Show More