Bolalar Assotsiativ Lug'ati icon

Bolalar Assotsiativ Lug'ati

hamroev.uz
Free
50+ downloads

About Bolalar Assotsiativ Lug'ati

Mazkur lugʻat oʻzbek tilshunosligidagi bolalar nutqi tadqiqiga assotsiativ yondashuv asosida yaratilgan ilk lugʻat hisoblanadi. Lugʻat stimul soʻz – javob reaksiyasi tipida yaratilgan boʻlib, unda 100 ta stimul soʻz boʻyicha maktabgacha yoshdagi (3 yoshdan 7 yoshgacha) bolalar lisoniy xotirasida tiklangan 20000 dan ortiq javob reaksiyasi (assotsiatsiyalar) oʻrin olgan. “Bolalar assotsiativ lugʻati” 200 nafar maktabgacha yoshdagi bolalar nutqi ustida oʻtkazilgan ogʻzaki assotsiativ tajriba materiallari negizida yaratildi. Ushbu lugʻat bolalar nutqini psixolingvistik, sotsiolingvistik, lingvopragmatik, genderologik, lingvokulturologik, assotsiativ tilshunoslik nuqtayi nazaridan oʻrganishda tayanch manba vazifasini oʻtashi bilan muhim ahamiyat kasb etadi.

Bolalar Assotsiativ Lug'ati Screenshots