Abdulla Qahhorning ijodi 1924 yildan boshlangan. dastlab, "Mushtum" oynomasida, "Yangi Farg'ona" va "Qizil O'zbekiston" ro'znomalarida uning hikoya va fel'eton, xabarlari bosildi. Yozuvchining "Olam yasharadi" nomli birinchi hikoyalar to'plami 1938 yilda chop qilindi. 30-yillarda adibning "Hikoyalar" to'plamlari (1935, 1938, 1939) kitobxonlar qo'liga tegdi. Bu davrda Abdulla Qahhor kichik hikoyalardan tashqari "Sarob" (1935) romanini yozdi. Ulug 'Vatan urushi yillarida yozuvchining bir qancha fel'eton, ocherk va hikoyalari e'lon qilindi.
Show More