Adibning hayoti va ijodi haqida bizgacha juda kam ma'lumot yetib kelgan. U XIII asrning oxiri XIV asrning boshlarida Xorazmning Raboti o‘g‘uz degan joyida yashab ijod etgan. Bizga uning "Qissasi Rabg‘uziy"dan boshqa asari ma'lum emas. Mazkur kitobda u o‘zi haqida musulmonlarga xos kamtarinlik bilan "...bu kitobni tuzgan, Rabg‘uziyning qissalari ma'nosini anglatuvchi "Qissasi Rabg‘uziy" asari olam va odamning yaratilishi, insonning yo‘ldan ozishi va komillik sari mashaqqatli va uzoq yo‘l bosib borayotganligi haqida, odam ato va momo xavo haqida g‘oyat mantiqli va qiziqarli tarzda hikoya qilinadi.
Show More