Afsonaviy Xazinalar icon

Afsonaviy Xazinalar

SAB-GAMES
Free
3.0 out of 5

About Afsonaviy Xazinalar

O'zingizni ulkan tog'larga beqiyos boyliklar to'plangan Ali boboning ajoyib G'orida tasavvur qiling! Ammo sizga faqat qimmatbaho toshlar kerak - faqat ular haqiqatan ham bebahodir!

Boshqotirmalarni mohirona yechish mahoratingiz va bor diqqatingizdan foydalangan holda barcha qimmatbaho toshlarni yig’ing!

Qanday o'ynash kerak:
- Bir xil rangdagi qimmatbaho toshlar to'plamini ustiga bosib, ularni o'yin maydonidan olib tashlang.
- Bir vaqtning o'zida qancha ko'p qimmatbaho toshlarni olib tashlasangiz, shuncha ko'p ball olasiz (ballar quyidagi formula bo'yicha hisoblanadi: n*(n+4), bu yerda n - portlagan elementlarning soni). Masalan, 2 ta olib tashlangan kristal uchun siz 12 ball, 3 ta uchun 21 ball olasiz.
- Siz bonusdan foydalanishingiz mumkin: qisqa reklamalarni tomosha qilish orqali o'yindagi ballingizni ikki baravar oshirishingiz mumkin.
- Bir xil rangdagi kristallarning kombinatsiyasi tugashi bilan o’yin yakunlanadi.
- O'yinda bitta sessiyada maksimal miqdorda ball to'plashga harakat qiling.
- Tanlovlarda ishtirok eting va qimmatbaho sovrinlarni yutib oling!

O'yin xususiyatlari:
- Ajoyib grafika va dizayn;
- Yengil ilhomlantiruvchi musiqa;
- Qiziqarli tanlovlarda ishtirok etish imkoniyati;
- Mutlaqo bepul o’yin!

Porlayotgan toshlarni yig’ing, shaxsiy rekordingizni yaxshilang va o'yinda mutlaq g'olibga aylaning! Xazina ortidan sayohatga yo’l olamiz!!!

Afsonaviy Xazinalar Screenshots