LEV TOLSTOY
HOJIMUROD
Qissa
Men uyga dala bilan qaytdim. Yozning qoq oʻrtasi edi. Oʻt oʻrilib olingan va qora bugʻdoyni
oʻrishga endigina harakat qilinmoqda edi.
Yilning bu paytida rang-barang chiroyli gullar — qizil, oq, pushti, xushboʻy, momiqli
chinnigullar, sut singari oq, oʻrtasi och-sariq, yoqimli hid sochuvchi «muhabbat gullari», bol
hidli sariq guliraʼnolar, gunafsha rangli va oq lolaga oʻxshash qomatdor karnaygullar,
chirmashib oʻsuvchi noʻxatgullar, sariq, qizil, pushti skabiazlar, gunafsha rangli, och pushti
jigʻalik va sezilar-sezilmas yoqimli hid beruvchi otquloq gullar, quyoshda va yosh niholligida
tiniq koʻk, kechqurunlari hamda qarigan vaqtida koʻkimtir va qizgʻimtir boʻlib tovlanuvchi va
latif, bodom hidli, guli darrov soʻlib qoladigan chirmovgullar koʻp boʻladi.
Men turli-tuman gullardan kattakon guldasta yasab, uyimga qarab ketayotganimda zovur
ichidagi ajoyib qizgʻish rangli, chaman-chaman ochilgan, bizda qushqoʻnmas deb ataluvchi,
chalgʻichilar uni chopmasdan qoldirib oʻtadigan, mabodo qoʻqqisdan chopilib ketgan boʻlsa, qoʻlga
kirmasin uchun oʻt ichidan olib tashlanadigan tikanakka koʻzim tushdi. Men bu tikanakni yulib
olib guldastamning oʻrtasiga qoʻymoqchi boʻldim. Zovurga tushdim-da, gulning oʻrtasiga yopishib
olib, qattiq uyqiga kirgan tukdor arini haydab, uni uzishga tutindim. Ammo bu ish juda
qiyin boʻldi, gulning tikanaklari har tarafdan, hatto qoʻlimga oʻrab olgan roʻmoldan ham oʻtib,
nayzadek sanchilardi, bugina emas, — u shu qadar chayir ediki, men uning dastasini titib,
iplarini birma-bir uzish uchun besh minutcha ovora boʻldim. Nihoyat gulni uzib olgan paytimda uning poyasi tamom titilib toʻzgʻigan edi, gulning oʻzi ilgarigidek goʻzal koʻrinmasdi. Bundan
tashqari, u, oʻzining dagʻalligi va beoʻxshovligi bilan guldastaning nozik gullariga qovushmas
edi. Men, oʻz tupida yashnab turgan gulni uzib behudaga juvonmarg qilganim uchun oʻkindim,
keyin uni yerga tashladim. «Ajabo, hayotning naqadar gʻayrat va kuchi bor,— deya men gulni
uzayotganimdagi chekkan ma-shaqqatimni xotirladim,— u oʻz hayotini juda zoʻr kuch bilan himoya
qildi va osonlikcha jon bermadi».
Uyga olib boradigan yoʻl shudgor qilinib, yangigina haydalgan qora tuproqli daladan oʻtar
edi. Mana shu qora tuproqli chang yoʻldan borardim. Haydalgan dala pomeshchik yeri boʻlib, shu
qadar katta ediki, har ikki tarafda va tepalikka choʻzilgan old tomonda qora tep-tekis qilib
haydalgan, hali mola bosilmagan shudgordan boʻlak hech narsa koʻrinmasdi. Yer yaxshi haydalgan,
dalaning hech bir yerida bironta giyoh koʻrinmas, hammayoq qop-qora edi. Men, beixtiyor bu oʻlik,
qora dala oʻrtasidan biror jon asarini axtararkanman: «Odam — qanday yemiruvchi maxluq, oʻz
hayotini saqlash uchun qanchadan-qancha rang-barang tirik mavjudotlarni, oʻsimliklarni mahv
etgan»,— deb oʻyladim. Oldimda, yoʻlning oʻng tarafida allaqanday bir buta koʻrindi. Men,
yaqinroq kelib qarasam, u haligi men gulini uzib tashlaganim «qushqoʻnmas» navidan ekan.
Butaning uchta novdasi bor edi. Uning bittasi sindirib olingan va qolgani xuddi chopib
tashlangan qoʻl singari choʻltoq edi. Qolgan ikki shoxning har birida bittadan gul bor.
Shoxning bir bandi singan va uning yarmisi, iflos guli bilan pastga osilib, boshqa biri
garchi loyga belangan boʻlsa-da, hamon yuqoriga qarab dikkayib turardi. Butun butani gʻildirak
bosib oʻtganligi, soʻng yana koʻtarilganligi maʼlum edi, xuddi uning tanasidan bir parchasini
yulib olganlar, ichak-chovogʻini agʻdarib tashlaganlar, qoʻlini sugʻurib, koʻzlarini oʻyib olganlar,
lekin u hamon qaddini koʻtarib turar va atrofidagi barcha birodarlarini mahv etgan insonga
taslim boʻlmas edi.
«Naqadar zoʻr quvvat!—deya oʻyladim men,— inson hammasini yengibdi, millionlarcha oʻt-
oʻlanlarni mahv etibdi, bu esa hamon taslim boʻlmaydi».

Show More