Hoji Muin hayoti va ijodini tadqiq etish bilan O'zMU olimlari professor B. Qosimov va dotsent Sh. Rizaev shug'ullanib keladilar. B. Qosimovning "Milliy uyg'onish: jasorat, maʼrifat, fidoyilik" kitobida Hoji Muinga alohida to'xtalingan. Sh. Rizaev 1997-yili adibning "Eski maktab, yangi maktab", "Mazluma xotin", "Ko'knori", "To'y" kabi dramalarini nashr ettirdi. 1915-yili Hoji Muin boshlang'ich maktablarningu 3-sinfi "majon zamondosh tuzadi. U jurnalist sifatida yuzlab maqolalar qoldirdi. Ularning qamrovi keng: oddiy xabardan adabiy-biografik ocherkkacha, luqmadan dolzarb ijtimoiy-siyosiy muammolarni ko'tarib chiqqan munozaragacha bor.
Show More