Hujjatul-islom icon

Hujjatul-islom

Oydinkalla
Free
100+ downloads

About Hujjatul-islom

Bismillahir rohmanir rohiym.
Baxtli va baxtsiz qiladigan, o'ldirib va ​​tiriltiradigan, kuldirib va ​​yig'latadigan, bor qilib va ​​yo'q etadigan, faqir va boy qiladigan, zarar va foyda beradigan Allohga hamd bo'lsin.
Ul Zot jonzotni tomchi nutfadan xalq qilgan, so'ng O'zi G'aniy sifati ila xalqdan ajragan, so'ng ba'zi bandalarini yaxshilik bilan xoslagan hamda ularning ustidan boy va behojat qiladigan ne'agaticlarini xohgan. Ayrimlariga esa imtihon va sinovni ko'rsatib, rizqda umidsizlik va mashaqqatga solganicha muhtoj qilgan. So'ng zakotni din uchun asos va usul etgan. Va O'z fazli bilan (molini zakot ila) poklagan bandalarini (kibr va ma'siyatdan) poklagan. Va G'aniyligi bilan undagi narsani ko'paytirgan. Xalqning sayyidi va hidoyat quyoshi bo'lgan Muhammad Mustafoga, oilalariga va ilmu taqvo bilan xoslangan ashobiga salovot bo'lsin.
Ammo ba'd, albatta Alloh taolo zakotni Islom ustunlaridan biri qildi. Alloh taolo aytadi: "Namozni to'kis ado qilinglar, zakotni beringlar" (Baqara surasi, -oyat).
Payg'ambar (s.a.v.) aytadilar: "Islom besh narsaga bino bo'lgandir: Allohdan boshqa iloh yo'qligiga va Muhammad Uning quli va rasuli ekaniga guvohlik bermoq; namozni to'kis ado qilmoq; zakotni bermoq ... ”(Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari). Va Alloh taolo zakotga e'tiborsizlarga va'idni qattiq qilib dedi: "Oltin-kumushni bosib, uni Alloh yo'lida infoq-ehson qilmaydigan kimsalarga alamli azob" xushxabarini "yetkazing!" (Tavba surasi, -oyat.) "Alloh yo'lida infoq" ning ma'nosi zakot haqqini chiqarib bermoqdir.

Hujjatul-islom Screenshots