Imom Abu Homid G'azzoliy ushbu kitoblarini "Ihyou ulumid-din" (ya'ni, din ilmlarini jonlantirish) deb nomladilar va u orqali zamonlar o'tishi bilan tub ma'nosidan o'zgacha anglashila boshlagan din ishi, ilmi, yo'li asli qanaqa ekanini, payg'ambarlar, salafi solihlar ularni qanday tushunishganini va hayotlariga qanday tadbiq etishganini bayon qilishni xohladilar. O'zini komil musulmon, ulamo, taqvodor sanaydiganlar qarshisiga bir pallasi oyat, hadis, hikmat-asarlardan iborat adolat tarozisini qo'ydilar va har kimga nafsini tortib ko'rishni taklif etdilar. Yoki, mazkur muborak manbalar ila qalb holatini aks ettiruvchi bir oyna sayqallab, uni sirlar yashirinib yotgan qalblarga ro'para qildilar. Shuning uchun ham "Ihyo" ni qo'liga olgan odam o'zgarib qolsa, ajablanish kerak emas. Uni o'qigan kishi, so'zsiz nafsini hisob-kitob qilishga tushadi, katta bilgan amallarining tarozida tosh bosmaganidan, pinhon tutgan sirlarining qalb oynasida oshkor bo'lganidan sergak tortadi, fikrlari ostun'ust ketib Favqulodda go'zal so'zlar, chuqur mulohazalar, shafqatsiz haqiqatlar ta'sirida o'zi bilan, gunohlari bilan ovora bo'lib qoladi. Nazarini poklaydi, qalbiga sayqal beradi, niyatini o'nglaydi. Faqat buguni yoki ertasi uchun emas, oxirati uchun ham astoydil qayg'urishga tushadi. "Ihyo" ni o'qigan va uning so'zini uqqan har bir o'quvchi-uquvchi shu holni boshidan kechiradi. Ammo, oldindan aytib qo'yishimiz kerakki, "Ihyo" ni o'qish ham, uqish ham oson ish emas, u ravon o'qiladigan, tez tushuniladigan kitoblar sirasiga kirmaydi "Ihyo" ni o'qishga kirquishayotgan o'qiblarik bayonlar cho'qqisini oshib, masalalar ummonidan suzib o'tishga o'zini hozirlashi lozim. Aks holda mutolaa so'ngiga yetmay to'xtashi, mashaqqatli mehnat ortidan erishilajak ne'matlar - fikriy, qalbiy, amaliy o'zgarish va yuksalishlar qo'lga kiritilmay qolishi mumkin.
Show More