Mazkur „Nemischa-o´zbekcha o´rmonchilik elektron lug´ati“, qiyosiy tilshunoslik uchun nemis-o´zbek leksikografiyasidagi birinchi elektron lug'atdir. Lug´atdan o´monchilik terminlari bilan bir qatorda, o´rmon o´simiklari, zararkunandalari, kasalliklari, o´rmon taksasiyasi, o´rmon tuzish, ko´plab daraxt va butalarning (dendronimlar), o´rmon dorivor o´simliklarining nomlari joy olgan. Lug´at yetakchi leksikologlarning ilmiy xulosalariga tayangan holda, elekrton lug´at tuzish qoidalariga muvofiq ishlab chiqilgan. Lug´atda jami 4500 so´z va terminlar o´rin olgan bo´lib, barcha daraxt va butalarning nomlarini berish bilan birga, illustrasion tarsda namoyon bo´lishi uchun rasmlar joylashtirilgan. Rasmlarga qarab daraxtlarni ajratish, ularning nomlarini bilish tafakkur doiramizni kengayib, o‘sib borishiga imkon beradi. Ushbu lug‘at o‘rtacha qiyinchilikdagi qishloq xo‘jaligi sohasidagi matnlarni tarjima qilishda qo‘l keladi. Lug´atdan oliy o´quv yurti talabalari, magistrlar, doktorantlar, professor-o´qituvchilar leksikologiya, leksikografiya, tarjimashunoslik, chog´ishtirma tilshunoslik fanlarini o´qitish va o´rganishda, kurs va diplom ishlarini yozishda, ilmiy tadqiqotlar olib borish uchun foydalanishlari mumkin. Shuningdek lug‘at oliy o´quv yurtiga kirishni istagan akademik litsey o‘quvchilari, qolaversa, keng omma uchun ham mo‘ljallangan.
Show More