Mohir Panda icon

Mohir Panda

SMARTBOX ENTERPRISE SOLUTIONS
Free

About Mohir Panda

Mohir Panda bolalar uchun mo'ljallangan ta'lim-tarbiyaviy o'yin!


O'rganish bu go'zal sarguzashtdir, unda har bir kashfiyot mo'jizalar olamida yashirin xazinani topishga o'xshaydi. O'yin ushbu sarguzashtda bolajonlarga yaqin do'st bo'ladi.


Biz taklif etadigan o'yinlar:

Matematika: bolajon matematika bilan fanlar olamiga sayohat qilsin, o'ynab o'rgansin!
Kompyuter savodxonligi: hozirgi texnologiya asrida kompyuter bilimlaridan xabardor bo'lsin!
Atrof-muhit: yuzdan ortiq dunyo ajoyibotlarini biz bilan tanisin!
Tillar: dunyo tillaridan ingliz, rus va arab tillarini o'rgansin!

O'yindagi panda personaji orqali farzandingiz o'yin o'ynash bilan birga turli xil foydali bilimlarga ega bo'ladi.

Farzandingiz televizorga va telefondagi keraksiz o'yinlarga bog'lanib qolganmi? Vaqtini bekor o'tkazyaptimi? Va siz bundan xavotirdamisiz? Unday bo'lsa "Mohir Panda" siz uchun ideal tanlov. Bu o'yin orqali farzandingiz vaqtini samarali o'tkazishi bilan bir qatorda, barcha uchun zarur bo'lgan ko'paytirish jadvalini yod oladi, harflarni o'rganadi, boshlang'ich til ko'nikmalarini oshiradi va yuzdan ortiq dunyo ajoyibotlarini taniydi. Xullas, 3 va 10 yosh oraliqdagi bolalar uchun mo'ljallangan ushbu o'yin, kichkintoyigizga unutilmas sayohatni va'da qiladi.

O'yinimiz davomida bolajonlarga ochiq elektr simlari hayot uchun xavf tug'dirishi, olovdan uzoqda bo'lish va albatta telefondan ortiqcha foydalanish ko'zlarimiz uchun zararli ekani ko'p marotaba uqtirilgan.

Hattoki Mohir Panda o'yinini o'zingiz ham farzandingizga qo'shilib o'ynashingiz mumkin. Bu orqali tillar bo'yicha bilimingizni mustahkamlab, yangi so'zlarni yod olsangiz bo'ladi. O'yinni sotib olib farzandingizni nafaqat yangi bilimlar bilan ta'minlaysiz balki, loyihani moliyaviy tarafdan qo'llab quvvatlagan va yanada foydali bo'lishida o'z hissangizni qo'shgan bo'lasiz.

Esingizda bo'lsin, bolalik - kashfiyot va o'rganishlar vaqti. Telefondan ortiqcha foydalanish esa ularni qimmatli daqiqalardan mahrum qilishi va salomatligiga zarar yetkazishi mumkin. Shu sababdan bolajon o'ynashi mumkin bo'lgan bir kunlik o'yin vaqti chegaralangan.

Farzandlarimiz - bizning dunyodagi eng bebaho boyligimizdir. Shu sabab, telefondan foydalanish ular uchun xavfsiz bo'lishi kerak. Biz ularni uzoq vaqt davomida ekran bilan bo'lishlarini tavsiya etmaymiz va siz, aziz ota-onalar, iltimos, farzandingiz muntazam ravishda telefondan tanaffus qilishiga va ko'z mashqlarini takrorlashlariga alohida e'tibor bering!

Ommaviy oferta: https://mohirpanda.uz/ommaviy-oferta.html
Maxfiylik siyosati: https://mohirpanda.uz/maxfiylik-siyosati.html

Mohir Panda Screenshots