Sulaymon alayhissalomga ham, huddi otalariga berilganidek, podshohlik bilan payg'ambarlik qo'shib berilgan. Bu haqda Alloh taolo Naml surasida quyidagilarni aytadi: “Sulaymon Dovudga voris bo'ldi va:“ Ey odamlar, bizga qush tili o'rgatildi va har bir narsadan berildi. Bu, albatta, ochiq-oydin fazldir ", dedi" (16-oyat). ... Sulaymon alayhissalomga otalaridan mazkur ilm meros qilib berilgan paytda u kishi yosh edilar. Shunga qaramay, o'zlaridagi Alloh taolo tomonidan ato etilgan iqtidor ila otalarining mulkini oqilona idora qila boshladilar. Podshoh bo'lganlaridan so'ng to'rt yil o'tgach, otalarining vasiyatlariga amal qilib, Baytul maqdisni qurishni boshladilar
Show More