hozirgi zamon o'zbek adabiyoti icon

hozirgi zamon o'zbek adabiyoti

Oydinkalla
Free
100+ downloads

About hozirgi zamon o'zbek adabiyoti

Hozirgi zamon o'zbek adabiyoti ko'p asrlik tarixga ega bo'lgan xalqimizning mumtoz adabiyoti merosxo'ri-dir. Shu bilan birga, bu adabiyot uning yangi zamondagi qonuniy davomchisidir.
1917 yildan keyingi hayotning o'ziga xos badiiy yilnomasi bo'lgan bu adabiyotning asosiy tasvir ob'ekti - yangi voqeliqsir. Binobarin, uning tematik doirasi va g'oyaviy mundarijasi yangidir. Hozirgi zamon o'zbek adabiyoti novator adabiyotdir. Bu adabi-yotning novatorligi avvalo shu bilan izohlanadiki, u yangi hayotni aks ettiradi, yangi hayot tufayli yuzaga kelgan yangi mavzularni tasvirlaydi.
Hozirgi zamon o'zbek adabiyotining g'oyaviy mundari-jasi ham yangidir. U xalqimizning yaratuvchanlik, o'zgartiruvchilik faoliyatini, uning yangi jamiyat qurish yo'lida olib borgan kurashlarini va umuman, yangi zamonning ruhini ifodalaydi. Bu adabiyot hayotdagi muhim masalalarga faol aralashdi va ular haqida o'z fikrini aytdi. Ko'p qirrali hayotimizning hech bir muhim voqeasi yo'qki, u adabiyotimizda o'z badiiy ifodasini topmagan bo'lsin.

hozirgi zamon o'zbek adabiyoti Screenshots