Quddus amaki icon

Quddus amaki

Oydinkalla
Free
1,000+ downloads

About Quddus amaki

Ushbu sahifa bolalarni axloq-odobli, ilm o'rganishga rag'batli, yomon illatlardan qochuvchi qilib tarbiyalashga xizmat qiladi. Shuningdek, bu sahifa halolik, poklik, ota-onaga qanday ehtiromda bo'lish va islomiy qadriyatlar haqida yoshlarga dunyoqarashiga mos ma'lumotlar beradi. Sahifadan nusha olib aziz farzandalaringizga ta'lim berishingizni tavsiya qilamiz.

QUDDUS AMAKINING BOLAJONLARGA MAKTUBI

Bismillahir rohmanir rohiym.

Assalomu alaykum, aziz bolajonlarim, ko'zimning oqu qarolari! Sizlar televizor orqali "Qunduz amakining qissalari" degan ko'rsatuvni ko'p marta tomosha qilgansiz. Ammo ular shunchaki ertak, hayotda bo'lmagan voqealar, xolos. Bugun siz qo'lingizga olgan mana bu "Quddus amakining saboqlari" kitobchasi sizlarga judayam zarur kitob. Undagi saboqlar hozir ham, kelajakda ham hayotingizda ko'p marta kerak bo'ladi.

Bu saboqlar sizlarga qanday yashash lozimligini o'rgatadi. Bilmagan, eshitmagan narsalaringiz bilan tanishtiradi. Yaxshilik nimaligini tushuntirib, yaxshilik qilishga chorlaydi. Yomonlik nimaligini bildirib, yomon ishlardan qaytaradi.
Shuning uchun ularni erinmay, qunt bilan, diqqatni bir joyga to'plab o'qib chiqing!
Tushunmay qolgan joylaringizni kattalardan so'rab oling. O'qiganlaringizning man'nosini anglab, eslab qolishga harakat qiling! O'zingiz to'la tanishib chiqqandan so'ng kitobchani aka-ukalaringizga, opa-singillaringizga, do'st va qarindoshlaringizga ham o'qigani berib turing! Shunday qilsangiz, savobga (Xudoning mukofotiga) sazovor bo'lasiz, xo'pmi?

Quddus amaki Screenshots